AQSH dollari United States dollar | |
---|---|
ISO 4217: | USD yoki US$ |
Davlat nomi: | USA AQSH |
Simvol: | $ |
Koʻpchilikka maʼlumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1 dollarda AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Yosh bolalar, odatda, ota-onasidan pul soʻrashganida, birinchi Prezidentni yaxshilab tanish va eslab qolish uchun koʻpincha 1 dollar berishadi.
Dollar (ing . dollar, nem. „Taler“ soʻzidan) – 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.[1]
AQSh dollari – AQSh milliy pul birligi.