AQSh iqtisodiyoti moʻl-koʻl tabiiy resurslar, rivojlangan infratuzilma va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi[43]. 2019-yil holatiga koʻra, mamlakat 44,98 trillion AQSh dollarlik tabiiy resurslarning umumiy hisoblangan qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda ekanligi aytilgan, ammo manbalarda bu hisob-kitoblarni ifodalovchi raqamlar farqli keltirilgan[44]. Amerikaliklar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlar orasida uy-xoʻjalik buyumlarining moʻlligi va ishchi-xodimlari yuqori daromadga egaligi bilan ajralib turadi[45]. 2013-yilda amerikalik ishchi-xodimlar oʻrtacha daromadi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinni egallagan[46]. Bu koʻrsatkich amerikalik fuqarolar daromadi boʻyicha 2010-yildagi toʻrtinchi oʻrindan biroz pastga tushib qolganini koʻrsatadi[47].
1890-yilga kelib, Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyoti Britaniya imperiyasini ortda qoldirib, dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylandi[48]. Bu ayni paytda dunyodagi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlat maqomining AQShga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan[49]. 2016-yili AQSh dunyodagi eng yirik savdo mamlakati hamda jahon ishlab chiqarish sanoatining beshdan bir qismini oʻzida toʻplagan eng yirik iqtisodiyotli davlatga aylandi[50]. AQSh nafaqat tovarlarning eng katta ichki bozoriga ega, balki xizmatlar savdosida ham hukmronlik qilib kelmoqda[51]. AQSh savdosining umumiy hajmi 2018-yilda 4,2 trillion dollarni tashkil etgan[52]. Dunyodagi 500 ta eng yirik kompaniyalardan 121 tasining shtab-kvartirasi AQShda joylashgan[53]. AQSh milliarderlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, ularning umumiy boyligi 3,0 trillion dollarni tashkil qiladi[54][55]. Mamlakat tijorat banklarida 2020-yil holatiga koʻra, 20 trillion dollarlik aktivlar mavjud[56]. AQShning global aktivlari qiymati 30 trillion dollardan koʻproqni tashkil etadi[57][58].
Amerikaning Nyu York fond birjasi va NASDAQ fond birjasi bozor kapitallashuvi hamda savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik fond birjalari hisoblanadi[59][60]. AQShga kiritilgan xorijiy investitsiyalar deyarli 4,0 trillion dollarni tashkil etadi[61], mamlakatning xorijiy mamlakatlarga kiritgan sarmoyasi esa 5,6 trillion dollardan koʻproq[62]. AQSh iqtisodiyoti venchur kapitali hamda global tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro reytingda birinchi oʻrinni egallab turibdi[63][64]. 2018-yilda isteʼmol xarajatlari AQSh iqtisodiyotining 68% ini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda bu xarajatlarning mehnat daromadi bilan qondirilgan ulushi 43% ni tashkil etgan[65][66]. AQSh dunyodagi eng katta isteʼmol bozoriga ega mamlakatdir[67]. Mamlakatning mehnat bozori butun dunyodan immigrantlarni oʻziga jalb qilib keladi va migratsiya darajasi boʻyicha dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan birini qayd etib turibdi[68]. AQSh biznes yuritish qulayligi indeksi, global raqobatbardoshlik indeksi va boshqa shu kabi tadqiqotlar boʻyicha eng yaxshi natijalar koʻrsatgan davlatlardan biri sanaladi[69].
AQSh iqtisodiyoti 2007-yil dekabridan 2009-yil iyuniga qadar davom etgan Jahon moliyaviy inqirozi davrida jiddiy iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirgan[70]. Mamlakat YaIM inqirozdan oldingi (2007-yil oxiri) darajaga 2011-yilda[71], ishchi-xodimlarning sof daromadi 2012-yil 2-choragida[72], qishloq xoʻjaligidan tashqari ish haqi 2014-yil may oyida[73], ishsizlik darajasi 2015-yil sentyabr oyida erishgan[74]. Ushbu sohalarda qayd etilgan umumiy oʻsish keyinchalik ham rekord darajada davom etgan[75]. 2017-yilda AQSh 156 ta davlat orasida daromadlar tengsizligi boʻyicha 41-oʻrinni egalladi, bu Gʻarb olamida eng yuqori koʻrsatkich edi[76][77].
↑"U.S. Economy - Basic Conditions & Resources". U.S. Diplomatic Mission to Germany. "The United States is said to have a mixed economy because privately owned businesses and government both play important roles." Retrieved October 24, 2011.
↑(4)Outline of the U.S. Economy – (2)How the U.S. Economy Works. U.S. Embassy Information Resource Center. "As a result, the American economy is perhaps better described as a 'mixed' economy, with the government playing an important role along with private enterprise. Although Americans often disagree about exactly where to draw the line between their beliefs in both free enterprise and government management, the mixed economy they have developed has been remarkably successful." Retrieved October 24, 2011.
↑ 38,038,1Benjamin J. Cohen, The Future of Money, Princeton University Press, 2006, ISBN 0691116660; cf. „the dollar is the de facto currency in Cambodia“, Charles Agar, Frommer’s Vietnam, 2006, ISBN 0471798169, p. 17
↑„US GDP Growth Rate by Year“. multpl.com. US Bureau of Economic Analysis (2014-yil 31-mart). Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
↑„Income“. Better Life Index. OECD. — „In the United States, the average household net adjusted disposable income per capita is USD 45 284 a year, much higher than the OECD average of USD 33 604 and the highest figure in the OECD.“. Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.