A Brief History of Time

A Brief History of Time
Muallif(lar) Stephen Hawking
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 1988
Nashriyot Bantam Dell Publishing Group
Sahifalar soni 256
ISBN ISBN 978-0-553-10953-5

A Brief History of Time“ (tarjimasi „Vaqtning qisqacha tarixi“[1]) — ingliz fizigi Stephen Hawking qalamiga mansub nazariy kosmologiya boʻyicha kitob. Ilk bor 1988-yil chop etilgan. Kitob fizika boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlmagan keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Asarda astronomiya va zamonaviy fizika fanlari oʻrganidan mavzular, xususan, olamning tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanishi hamda kelajagi haqida tushunarli tilda yozilgan. Asarda makon va fazo, olamning asosiy elementlari (xususan, kvarklar) hamda uni boshqaruvchi fundamental kuchlar (gravitatsiya kabi) mavzular koʻrib chiqilgan. Shuningdek, kitobda katta portlash hamda qora tuynuklar kabi kosmologik hodisalar haqida ham soʻz boradi. Asarda Hawking ikki muhim nazariyani — umumiy nisbiylik nazariyasi hamda kvant mexanikasini koʻrib chiqadi. Kitob yakunida butun olamni tasvirlay oladigan umumlashtiruvchi nazariyani topishga qaratilgan urinishlar haqida soʻz boradi.

Asarning birinchi nashri uchun amerikalik olim Carl Sagan kirish soʻz yozgan. 1996-yil kitobning toʻldirilgan va yangilangan nashri bosilib chiqqan. 2005-yilda esa asarning amerikalik olim Leonard Mlodinow bilan hamkorlikda tubdan qayta ishlangan versiyasi "A Briefer History of Time" (tarjimasi „Vaqtning yanada qisqaroq tarixi“) nomi bilan chop etilgan.

„A Brief History of Time“ eʼlon qilinishi bilan bestsellerga aylangan va bugunga qadar 25 milliondan oshiq nusxada sotilgan[2]. Kitob bir necha tilga, jumladan, rus va turk tillariga tarjima qilingan, ammo oʻzbek tiliga hali oʻgirilmagan.

  1. Karimov, Asat „Стивен ХОКИНГ: “Вақтнинг қисқача тарихи”“. Xalq soʻzi (14-mart 2018-yil). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2023-yil.
  2. McKie, Robin „A brief history of Stephen Hawking“. Cosmos (2007-yil avgust). Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.