Abbosiylar — arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammadning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri. „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754–775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchiradi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida savdo-sotiq rivojlanadi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylanadi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya)dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Magʻribdan to Movarounnahrgacha abbosiylar qoʻl ostiga oʻtadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Maʼmun zamoni abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat abbosiylar qoʻlida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-asr oʻrtalariga kelib abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258-yil moʻgʻullar Bagʻdodni vayron qilib, abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan abbosiy xalifalarning soʻnggisi — Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yil Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yil Mamluk sultoni Beybars abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517-yil abbosiylarning avlodi Mutavak-kil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa boʻlgan[1].
Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754-775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchirdi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari oʻsib, savdo-sotiq rivojlandi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Magʻrib, Hindiston, Movarounnahr Abbosiylar qoʻli ostiga oʻtdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Maʼmun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada agʻlabiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar Abbosiylar xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qoʻlida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar.
X asr oʻrtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 yil) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. - 1258-yil moʻgʻullar Bagʻlab al- Fargo it
vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan Abbosiy xalifalarning soʻnggisi -Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yili Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yili mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi.
1517-yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa boʻlgan.
Abbosiylar (arabcha: العبّاسيّون, Abbāsīyūn) — Arab xalifalarining sulolasi. 1.Abul Abbos Saffoh, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh ibn Abbos ibn Abdulmuttalib (722-750-754). 2.Abu Jaʼfar al-Mansur (714-754-775) 3.Al-Mahdiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Jaʼfar al-Mansur (744-775-785). 4.Al-Hodiy, Abu Muhammad Muso ibn al-Mahdiy (766-785-786). 5.Horun al-Rashid ibn al-Mahdiy (765-786-809).