Abu Bakr Siddiq | |
---|---|
Tavalludi | 27-oktyabr 573 |
Vafoti | 23-avgust 634 |
Fuqaroligi | Rashidun xalifaligi |
Otasi | Abu Quhofa |
Onasi | Salma Umm-ul-Khair |
Abu Bakr Siddiq (toʻliq nomi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil — 634-yil 23-avgust) — Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlar, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Tirikligida jannat bashorati berilgan sahobalarning birinchisi sanaladilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (mo'minlarning onasi Oysha (r.a) ning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar qoʻyganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlaganlar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar unga Siddiq, yaʼni iymoni kuchli deb laqab berdilar. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambarga hamroh, gʻorda birga boʻldilar. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildilar, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdilar. Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandilar (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Madinada vafot etdilar va Muhammad ( sallollohu alayhi vasallam ) payg'ambar yoniga dafn qilindilar[1].