Afisha (fransuzcha affi che — eʼlon) — reklamaning bir turidir. Spektakl, konsert va boshqa adabiy tadbirlar, tomoshalar toʻgʻrisida xabar beruvchi maxsus eʼlon. Afisha tomoshaxonalar oldiga, koʻchalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga yopishtirib qoʻyiladi. Mil. av. bunday eʼlonlar devorga, taxtaga, toʻrtburchak ustunlarga yozilgan. Oʻrta asrlarda bu vazifani jarchilar bajargan. 16-asrdan afisha qogʻozlarda bosila boshladi. 19-asrda afisha ishlab chiqarish juda taraqqiy etdi. Bu soha bilan rassomlar shugʻullangani sababli afisha tasviriy sanʼatning bir turiga aylandi. 1914-yilning 15-yanvar sanasida Samarqandda, oʻsha yilning 27-fevralida Toshkentda (Hamza teatrida) „Padarkush“ (Behbudiy) spektakli qoʻyilishi munosabati bilan oʻzbek tilida ilk afishalar tarqatilgan. Hozirgi kunda suratli afishalar keng tarqalmoqda.