Afshin

Afshin – Ustrushona hokimlarining arablar fathidan avvalgi laqabi. Oxirgi Afshin Haydar ibn Kovus (manbalarda al-Afshin) xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi edi. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan gʻalaba qilgani va Bobak qoʻzgʻolonini bostirgani evasiga xalifaning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Biroq, 841 yil iyunda islomdan qaytganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm etilgan. Afshin laqabi Oʻrta Osiyoda, umuman, uchrab turadi. Ya’qubiyda (Taʼrix, 2-jild, 344-bet) Sugʻdiyona hokimi Gʻurak Qutayba ibn Muslim bilan tuzgan shartnomasida oʻzini Sugʻd ixshidi, Samarqand afshini deb atagan[1].

  1. <>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</>