Alban tili

Alban tili
Milliy nomi Gjuha shqipe
Mamlakatlar

 Albaniya
 Kosovo

 Shimoliy Makedoniya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5.400.000 (2011)
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-yevropa tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 sq
ISO 639-2 sqi
ISO 639-3 sqi

Alban tili (albancha: Gjuha shqipe) — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tili da 3 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi, 2 katta dialektga boʻlinadi: shim. (geg), janubiy (tosk). XIX asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bulgʻor va rumin tillari oʻrtasida umumiy oʻxshashlik mavjud. Alban tili da lotin, yunon, janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosida.[1]

  1. "Alban tili" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil