Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:
Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“
Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi: