Alma mater (lotincha almae matres soʻzidan kelib chiqqan) – u kishi oʻqigan, yoki bitirgan oʻquv dargohini bildiradigan allegorik ibora hisoblanadi[1][2][3].
Shuningdek, Alma mater soʻzi turli ona maʼbudalar, ayniqsa Ceres yoki Cybele uchun berilgan faxriy unvondir[4]. Keyinchalik, bu ibora Isoning onasi Maryamning unvoniga aylangan.
Ushbu atama 1088-yilda kirib kelgan. Uzluksiz faoliyat yuritadigan dunyodagi eng qadimgi universitetlardan biri boʻlgan Italiyaning Boloniya universiteti Alma Mater Studiorum („oʻqishning tarbiyalovchi onasi“) shiorini qabul qilgan paytda akademik foydalanish uchun kiritilgan[5].
Bu atama bitiruvchi bilan uzluksiz bogʻliq boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „bogʻlovchi“ yoki „oziqlangan“ degan maʼnoni anglatadi va koʻpincha bitiruvchilar uchun ishlatiladi[6].