SEN (Sen) Amarta (1933, Hindiston, Bengaliya shtati) — asli hindistonlik boʻlgan amerikalik iqtisodchi. Kembrij (Buyuk Britaniya) universitetidagi Trinti kollejida oʻqituvchi, Garvard (AQSH) universitetining xizmat koʻrsatgan professor Amerika iqtisodiy uyushmasining prezidenti (1994). S.ning 1981-yil yozilgan "Kambagʻallik va ochlik: yutuq va muammolar toʻgʻrisida ocherk" nomli kitobi unga katta shuqrat keltirdi. S. bu asarida oʻzi boshidan kechirgan va koʻrgan, ochlik va kambagʻallik muammolarini hamda ijtimoiy yordam masalalarini har tomonlama tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1998).[1]