Andijon | |
---|---|
viloyat markazi | |
40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
Hukumat | |
Gʻofurjon Abdurahmonov | |
Asos solingan | 1876-yilda |
Ilk eslatilishi | IX |
Avvalgi nomlari | Andukon, Andigon |
Maydon | 76 km2 (29 kv mi) |
Iqlim turi | Iyulning oʻrtacha harorati 27-28, yanvarniki – 3 daraja |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi (2023-yil) |
468 100 |
Zichligi | 5750 kishi/km2 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 74 |
Pochta indeks(lar)i | 170100 |
Avtomobil kodi | 60-69 |
|
Andijon – Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqiy qismida, Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulda oʻrtacha harorat 27— 28 °C, yanvar oyida esa – 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.