Angob — qizil kesakdan tay-yorlangan boʻyoq. A. kulolchilikda keng qoʻllanadi. Sopol idishlar va buyumlar A. surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan A. bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar A.dan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari A.ni neolit davri (miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (miloddan avvalgi 2 — 1 va mil. 1 — 4-asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti A. bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 — 12-asrlar)da ham keng tarqalgan. A.dan qadimgi qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga A. sur-tib yoki sepib koʻmilgan. Qad. odamlar gʻorlarningde-vorlariga va qoyatoshlarga A. bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham A. bilan chizilgan.