Antiklinal

Antiklinal (anti … va klino — ogʻdiraman) — qavariq tomoni yuqoriga qaragan burmalangan togʻ jinsi qatlami. A.ning qavariq yeri A. markazi, yon to-monlari qanotlari deb ataladi. Mar-551kazida qadimgi jinslar, qanotlarida esa yoshroq jinslar boʻladi. A. burmalar yon qanotlarining va undagi oʻq tekisli-gining yotishiga qarab, toʻgʻri, qiyshiq, ogʻma, yotiq A. burmalarga boʻlinadi. Bur-ma oʻq chizigʻi yoyga oʻxshab qayrilgan boʻlsa braxiantiklinal deyiladi. A.lar katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Katta A. bur-malar bir qancha kichik A. va sinklinallardan iborat boʻladi. Oʻzbekistondagi hamma togʻlar (Shimoliy Nurota, Turkiston, Zarafshon, Chatqol tizmalari) A. burmalarga kiradi. Metall rudalarining koʻp qismi, neft va gaz konlari ana shu A. tizmalarda boʻladi.