Antisemitizm — milliy va diniy bid’at-xurofot, yahudiylarga dushmanlik koʻzi bilan qarash. Irqiy shovinizmning eng mudhish koʻrinishidir. Tarixda turli shakllarda — atayin yolgʻon, tuhmat tarqatish, har xil kamsitishlardan tortib, to ommaviy ravishda aholini koʻchirib yuborish va qirgʻin qilish, genotsidgacha namoyon boʻlgan. German fashizmi oʻtkazgan siyosatda ayniqsa keskin tus olgan.
Vikiomborda Antisemitizm haqida turkum mavjud |