Arqoq

Arqoq, urish – gazlama toʻqishda tanda ipi bilan kesishuvchi va oʻrishuvchi koʻndalang ip. Odatda, A. naychalarga oʻralib, moki vositasida tanda komi (zevi) dan oʻtkaziladi. A. tabiiy (ipak, paxta tolasi, jun) va sun’iy (viskoza, neylon, lavsan) tolalardan tayyorlanadi.