Arxeologik madaniyat — oʻziga xos etn. xususiyatlari bilan ajra-lib turadigan muayyan davrga va hududga doir arxeologik yodgorliklar birligi. Ayrim yoki bir qancha belgilarga, xusu-san, sopol buyumlarning shakli, naqshi, marhumlarni dafn etish tartibi, mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor anjomlari va boshqa ga koʻra belgilanadi. Yodgorliklar qayerdan topilsa, shu joyning nomi bilan yuritiladi (mas, Krvunchi madaniyati). Arxeologik madaniyatni oʻrganish bilan baʼzan biror kabila yoki xalqning muayyan tarixiy davrdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining dara-jasi hamda ularda sodir boʻltan ayrim oʻzgarishlar aniqlab olinadi. Baʼzi Arxeologik madaniyat tarixiy manbalardan maʼlum boʻlgan mashhur qabilalarga tegishli boʻlib chiqadi (mas, Kushon madaniyati qadimgi kushonlarga tegishli). Moddiy madaniyat elementlaridagi oʻxshashlik hamma vaqt ham aholining etnik va ke-lib chiqish birligini ifodalayvermay-di, chunki bir-biriga yaqin ijtimoiy va geografik sharoitda hamda ibtidoiy texnika davrida qabilalar hayoti va madaniyatida oʻxshashliklar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, madaniyatning ayrim elementlari shu madaniyatni yaratgan xalq yoki qabilalarning bir joydan ik-kinchi joyga koʻchishi natijasida boshqa qabila yoki xalqlarga oʻtishi mumkin. Arxeologik madaniyatni oʻrganish yozma tarixiy maibalar paydo boʻlmasdan oldin yashagan qabila va xalqlarning tarixini yozish uchun imko-niyat yaratib beradi.