Asterizm

Collinder 399 Vulpecula yulduz turkumidagi asterizmdir.

Asterizm (qadimgi yunoncha: ἀστήρ — „yulduz“) bir yoki bir necha yulduz turkumlari ichida oʻzining mustaqil nomiga ega boʻlgan hamda tungi osmonda koʻrish mumkin boʻlgan yulduzlar guruhidir. Asterizmlar bir necha yulduzlarning sodda shakllaridan tortib, osmonning katta qismini egallaydigan koʻplab yulduzlarning murakkab toʻplamlarigacha boʻlishi mumkin. Yirikroq va porloqroq asterizmlar tungi osmon bilan tanishayotgan kishilar uchun foydalidir. Misol uchun, Katta choʻmich deb ataluvchi asterizmlar Katta ayiq yulduz turkumi ichidagi eng porloq yettita yulduzni oʻz ichiga oladi.