Astrokimyo

Inson tanasini tashkil etuvchi kimyoviy elementlarning nazariy kelib chiqishini koʻrsatadigan infografika

Astrokimyo — koinotdagi molekulalarning koʻpligi va reaktsiyalarini, ularning nurlanish bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan fan[1]. Ushbu fan astronomiya va kimyoning oʻzaro uygʻunligidir. „Astrokimyo“ soʻzini Quyosh tizimiga ham, yulduzlararo muhitga ham qoʻllash mumkin. Quyosh sistemasi jismlarida, masalan, meteoritlarda elementlarning koʻpligi va izotoplar nisbatlarini oʻrganish kosmokimyo, yulduzlararo atomlar va molekulalar hamda ularning nurlanish bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishni esa baʼzan molekulyar astrofizika deb ham yuritiladi. Molekulyar gaz bulutlarining paydo boʻlishi, atom va kimyoviy tarkibi, evolyutsiyasi va taqdiri alohida qiziqish uygʻotadi, chunki quyosh tizimlari aynan shu bulutlardan hosil boʻladi.

  1. „Astrochemistry“. www.cfa.harvard.edu/ (2013-yil 15-iyul). 2016-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.