Avtobus 8 kishidan koʻp joyga ega va yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtomobildir. Avtobusda odatda yoʻlovchilardan tashqari haydovchi va chiptachi ham boʻladi (lekin ba’zi avtobuslarda chiptani komposterdan olish mumkin; serqatnov yoʻlda haydovchisiz harakatlana oladigan transport vositalari ustida ham ish ketmoqda).
Avtobus (avto (mobil) va lotincha: (omni) dus– hamma uchun) – 9 va undan ortiq oʻrinli yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil. Vazifasiga koʻra, shahar Avtobuslari, shaharlararo Avtobuslar, shahar atro-fi Avtobuslari va maxsus Avtobuslarga boʻlinadi. Shahar Avtobuslari aholi yashaydigan punktlarda, shaharlararo Avtobuslar aholi yashay-digan punktlar orasida yoʻlovchilarni tashiydi. Maxsus Avtobuslar sayyoxlar, dam oluvchilar, samolyotga chiquvchilar, ay-rim idoralar va boshqa uchun moʻljallangan. Shaharlararo Avtobusda yukxona boʻladi va oʻrindiqlari uxlab ketish uchun mos-lashtiriladi. Avtobuslar ikki qavatli qilib ham ishlanadi. Avtobuslar qishda isitiladi, yezda esa shamollatib turiladi. Avtobuslar 110 km/soat gacha tezlik bilan yura oladi. Avtobusning oʻlchami (uzunligi) 5 m dan ( mikroavtobuslar) 24 m gacha (qoʻsh Avtobuslar). Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish istiqlol yillaridagina yoʻlga qoʻyildi.1999-yildan Samarqand shahridagi "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo qatnashga moʻljallangan M 23.9 (23 oʻrindikli; dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) va M 29 (29 oʻrindiqli; dvigatelining quvvati 84,6 kVt, maksimal tezligi 105 km/soat) rusumli, shuningdek shahar ichida qatnashga moʻljallangan M 24.9 (23 oʻrindiqli, dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) ru-sumli Avtobus ishlab chiqariladi[1] .