Axborot:
1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot. odatda qoʻshma Axborot. deb atala-di;
2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Oʻzbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar).