Axta

Axta, ulgi – naqsh yoki rasmni qogʻozga chizib, chiziq yoʻllari igna bilan teshib tayyorlangan andaza; shuningdek andazadagi naqshni bezatiladigan buyum, sirtga oʻtkazish usuli. Xalq amaliy bez-ak san’atining kashtachilik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, naqqoshlik va boshqa turlarida keng qoʻllanadi. Bezatiladigan yuzaga A. qoʻyilib ustidan pista kumir kukuni surilsa, rasm asosga tushib qoladi. A. simmetrik takrorlanuvchi taqsimpn naqshlar shaklini koʻchirish uchun juda qulay.