Ayollar xatnasi

Ugandada ayollarni sunnat qilishga qarshi davlat xizmati e'lonlari.

Ayollarni sunnat (xatna) qilish[1] – tibbiyotga aloqasi boʻlmagan holda ayol va qizlarning jinsiy aʼzosining qisman yoki butunlay olib tashlanishidir[2]. Urf-odat shaklida saqlangan bu marosim Afrika, Osiyo, Avstraliya aborigenlari va baʼzida Lotin Amerikasida oʻtkazilib kelinadi. UNİCEFning 2016-yilgi taxminlariga koʻra, Afrika qitʼasi, Indoneziya, Iroq Kurdistoni va Yaman kabi 30 dan ortiq mamlakatlarda jinsiy aʼzosi kesishga mahkum etilgan 200 millionga yaqin ayol yashamoqda[3].

Odatda doimiy sunnat qiluvchi shaxs tomonidan pichoq yordamida amalga oshiriladi, ayollar xatnasi tugʻilgan kundan boshlab balogʻat yoshiga qadar va undan keyingi kunlarda amalga oshiriladi. Milliy statistikaga koʻra, ayollar xatnasi mavjud boʻlgan mamlakatlarning yarmida qizlarning koʻpchiligi besh yoshga toʻlmasdan bu amaliyotni bajarishligi aniqlangan[4]. Protseduralar mamlakat yoki etnik guruhga qarab farqlanadi. Ular klitoral qalpoqni (1-a turi) va klitoral glansni (1-b) olib tashlashni oʻz ichiga oladi; ichki labiyani olib tashlash (2-a); hamda ichki va tashqi labiyani olib tashlash va vulvani yopish (3-toifa). Infibulyatsiya deb nomlanuvchi ushbu oxirgi protsedurada siydik va hayz koʻrish suyuqligi oʻtishi uchun kichik bir teshik qoldiriladi; qin jinsiy aloqa vaqtida ochiladi va tugʻish vaqtida yanada kengayadi[5].

Amaliyot gender tengsizligi, ayollarning jinsiy hayotini nazorat qilishga urinishlar hamda poklik, hayo va goʻzallik haqidagi gʻoyalarga asoslangan. Odatda buni sharaf manbai deb biladigan qizlari va nabiralarini xatna qilmaslik qizlarni ijtimoiy chetlanishga olib kelishidan qoʻrqadigan ayollar tomonidan amalga oshiriladi[6]. Salomatlik uchun salbiy taʼsirlar protsedura turiga bogʻliq. Ularga takroriy infektsiya tushishi, siyish va hayz koʻrishning qiyinlishuvi, surunkali ogʻriq, kistaning rivojlanishi, homilador boʻla olmaslik, tugʻruq paytidagi asoratlar va oʻlimga olib keladigan qon ketish kabi holatlar kiradi[5]. Bu holatning sogʻliq uchun foydalari aniqlanmagan[7].

1970-yillardan buyon amaliyotchilarni ayollar xatnasidan voz kechishga koʻndirish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Ammo ayollar xatnasi amalga oshiriladigan koʻpgina mamlakatlarda bu holat qonunan taqiqlangan boʻlsa ham odamlar qonunni cheklab oʻtishga urinish holatlari kuzatilmoqda. 2010-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti tibbiyot xodimlarini protseduraning barcha shakllarini, shu jumladan tugʻruqdan keyin reinfibulatsiyani va klitoral qalpoqni ramziy „nikalashni“ ham toʻxtatishga chaqirgan[8]. Amaliyotga qarshilik koʻrsatish tanqidlarga ham uchragan, ayniqsa antropologlar orasida madaniy relativizm va inson huquqlarining universalligi haqida savollar paydo boʻlgan[9].

  1. „Kadın Dış Genital Organına Uygulanan Kısıtlayıcı Tahripkar Sünnet Şekilleri (Bir Üreme Sağlığı Sorunu):Olgu Sunumu“. 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  2. „FDA:Some argue that FGC has religious significance, but the custom cuts across religions“. 29 mayıs 2012da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  3. http://www.unicef.org/media/files/FGMC_2016_brochure_final_UNICEF_SPREAD.pdf. 
  4. For the circumcisers and blade: UNICEF 2013, 2, 44–46; for the ages: 50.
  5. 5,0 5,1 Abdulcadir et al. 2011.
  6. UNICEF 2013, 15; Toubia & Sharief 2003.
  7. WHO 2018.
  8. UN 2010; Askew et al. 2016.
  9. Shell-Duncan 2008, 225; Silverman 2004, 420, 427.