Bandixon

Bandixon — Surxondaryo viloyatidagi dara. Boysunsoy vodiysi Takasakiradi tizmasini kesib oʻtgan joyda. Bandixonning uzunligi 10 — 12 km, tagining eng tor joy 8 — 10 m. Yon bagʻirlari tik, janubiy yon bagʻrida baʼzan qiyaroq joylari ham uchraydi. Bandixon yon bagʻirlari boʻr davrining gil, gips, ohaktosh, alevrolit jinslaridan, suvayirgʻich qismi paleogen ohaktoshlaridan tuzilgan. Ohaktosh jinslari qattiq boʻlganidan kam yemiriltan. Boysunsoy bu darada tor (4 — 5 m) oʻzanda oqadi. Boysun bilan Qumqoʻrgʻon shaharlari oʻrtasidagi eng yaqin yoʻl shu daradan oʻtadi.