Barlos

Barlos

Barlos urugʻining vakillaridan biri Amir Temur (Gerasimov tomonidan tiklangan yuz koʻrinishi)
Eski nom(lar)i بارلاس-بورجیگین
Kelib chiqish uyi Borjigin
Asoschisi Qorachor Barlos
Hudud Markaziy Osiyo
Mashhur vakillari Amir Temur, Bobur
Hukmdor unvonlari amir, xon, podishoh, koʻragon, mirzo, bek, gʻoziy, sulton, shayx
Hukmronlik davri 1370—1858

Barlos (Barulas, Ballos) — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. XIII asr 2-yarmida Ili daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchishgan. XIV—XV-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.

Barloslar Kesh (hozirgi Shahrisabz) hududini nazorat qilgan va uning barcha nasl-nasabi shu hudud bilan bogʻlangan[1]. Koʻchmanchi boʻlib qolgan qoʻshni qabilalarning aksariyatidan farqli oʻlaroq, barloslar oʻtroqlashgan qabila edi[2]. Oʻrta Osiyoning tub aholisi bilan keng aloqalar tufayli qabila islom dinini hamda arab va fors tillarining kuchli taʼsirida boʻlgan qarluq tarmogʻiga mansub turkiy chagʻatoy tilini[3] qabul qilgan edi.

Barloslarning bir guruhi Temuriylar va Boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. XIX asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qarluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.

  1. B.F. Manz, The rise and rule of Tamerlan, Cambridge University Press, Cambridge 1989, p. 156–7. 
  2. Gérard Chaliand, A Global History of War: From Assyria to the Twenty-First Century, University of California Press, California 2014, p. 151. 
  3. G. Doerfer, "Chaghatay Archived November 18, 2007, at the Wayback Machine", in Encyclopædia Iranica, Online Edition 2007..