Basklar mamlakati
| |
---|---|
Avtonom Jamoat | |
43°0′0″N 2°45′0″W / 43.00000°N 2.75000°W | |
Mamlakat | Ispaniya |
Maydon | 7,234 km2 (2,793 kv mi) |
Aholisi (2016) |
2,189,534 |
Zichligi | 300 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
Basklar mamlakati (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya shahri. Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asr oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya yarim orolda vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11-15-asrlarda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-asr oxiri va 16-asrlarda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876-yilgacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936-yilda muxtor rayon maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939-yilda Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978-yilgi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980-yil yanvardan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.