Bef

Bef (frans. bief) — suv havzasi, daryo yoki kanalning gidrotexnika inshootlari (to‘g‘on, shlyuz, GES va b.)ga tutashgan qismi. Yuqorigi (oqim bo‘yicha gidrotexnika inshootlaridan yuqorida joylashgan) va pastki (gidrotexnika inshootlaridan pastda joylashgan) xillari bo‘ladi. Bir yoki bir necha gidrotexnika inshootidan hosil bo‘lgan suv tizimining suvayirg‘ichida yoki ochiq suv oqimida joylashgan B. mu s taqil B. deyiladi.