Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Beldorsoy | |
---|---|
Beldorsoy (yuqori qismida, iyunda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 23 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Beldorsoy |
Beldorsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Oqsoqotasoyning oʻng irmogʻi. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 23 km, havzasining maydoni 77 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m/sek chamasida. Beldorsoy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi, baʼzan sel keladi. Beldorsoyning 24 ta mayda irmogʻi bor. Beldorsoy havzasida togʻchangʻi sporti oʻyinlari oʻtkaziladi. Xalqaro talablarga javob beradigan maxsus inshootlar qurilgan.