Belgrad

Belgrad

Београд
Beograd
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
Belgrad is located in Europe
Belgrad
Yevropa ichida joylashgan
Belgrad is located in Serbiya
Belgrad
Serbiya ichida joylashgan
44°49′14″N 20°27′44″E / 44.82056°N 20.46222°E / 44.82056; 20.46222
Mamlakat Serbiya
Mintaqa Bolqon
{{{tuman_turi}}} Belgrad
Ichki boʻlinishi 17 munitsipalitet
Hukumat
 • Mer Aleksandr Shapich
Asos solingan Mil.avv. 279-yil
Ilk eslatilishi 878-yil
Avvalgi nomlari Singidunum, Biograd, Nandorfexervar, Landorfehrvar
Maydon 3,599 km2 (1,390 kv mi)
Markazi balandligi 117 m
Iqlim turi Nam subtropik iqlim
Rasmiy til(lar)i Serbcha
Aholisi
 (2022)
1 233 796
Zichligi 3,328 kishi/km2
Milliy tarkib serblar — 90,0%
siganlar — 1,4%
chernogorlar — 0,7%
yugoslavlar — 0,6%
xorvatlar — 0,6%
makedonlar — 0,5%
goranilar — 0,3%
musulmonlar — 0,3%
boshqa — 2,8%[1]
Konfessiyaviy tarkib Pravoslavlar
musulmonlar
katolik
protestant[2]
Etnoxoronim Belgrad aholisi
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 011
Pochta indeks(lar)i 11000
Avtomobil kodi BG
Belgrad xaritada
Belgrad
Belgrad

Belgrad (/bɛlˈɡreɪd/bel-GRAYD; serbcha: Beograd; maʼnosi: „Oq shahar“) — Serbiya poytaxti va mamlakatning aholi eng zich yashaydigan shahri. Sava daryosining Dunayga quyilish joyida, Pannoniya tekisligi va Bolqon yarim oroli kesishgan nuqtada joylashgan[3]. Dengiz sathidan 117 m balandlikda. 2022-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, poytaxt Belgrad aholisi 1,681,405 kishini tashkil qiladi[4]. Dunay daryosi boʻyida aholi eng zich yashaydigan uchinchi katta shahardir.

Belgrad Yevropadagi va dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. Yevropaning tarixiy madaniyat markazlaridan boʻlgan Vincha madaniyati Belgrad hududida miloddan avvalgi VI ming yillikda paydo boʻlgan. Antik davrda bu hududda frakiyaliklar — daklar yashagan. Miloddan avvalgi 279-yildan boshlab keltlar shaharga koʻchib kelib joylashadi va bu yerga Singidun deb nom qoʻyishadi[5].  Imperator Avgust hukmronligi davrida Singidun rimliklar tomonidan bosib olingan va II asr oʻrtalariga qadar Rim imperiyasi shahri maqomiga ega boʻlgan[6][7].  Milodiy 520-yillarda hududga slavyanlar koʻchib kela boshlaydi. Shahar Vizantiya imperiyasi, Franklar imperiyasi, Bolgariya imperiyasi va Vengriya qirolliklari oʻrtasida qoʻldan-qoʻlga oʻtgan. 1284-yilda Serbiya qiroli Stefan Dragutin shaharni oʻz qarorgohiga aylantiradi. Stefan Lazarevich hukmronligi va vorisi Đurađ Brankovich davrida hudud Vengriya qirolligi tarkibiga kiradi. Chunki Vengriya qiroli Belgrad hududi evaziga Stefan Lazarevichni Serbiyaning yangi hukmdori sifatida tan olishi kerak edi. Natijada Janob George boshchiligidagi Serbiya Davlat Assambleyasi va Serbiya patriarxi Nikanon Belgradni vengerlarga hadya qilishga qaror qiladi. 1456-yilda Usmonli imperiyasi Vengriya qirolliga hujum qiladi va shahar qamal qilinadi. 1521-yilda Belgrad Usmonlilar tomonidan bosib olinib, Smederevo sanjoqbeyi qarorgohiga aylantiriladi[8]. Tez-tez sodir boʻlgan Usmonli — Gabsburg urushlari natijasida shaharning katta qismi vayron boʻlgan va oxir-oqibat hukmronlik Gabsburglar qoʻl ostiga oʻtgan.

Serb inqilobidan keyin Belgrad 1841-yilda Serbiya poytaxtiga aylandi. Shimoliy Belgrad hududlari 1918-yilgacha Gabsburglar imperiyasining janubiy chegarasi boʻlgan, chunki Avstriya-Vengriya imperiyasi hududlari birinchi jahon urushidan keyin parchalanib ketdi. Uning bir qismida serb, xorvat va slovenlar davlati  — Yugoslaviya tuzilgan. 1918—2006-yillarda mavjud boʻlgan Yugoslaviya davlatining poytaxti Belgrad shahri edi.  Strategik mavqega ega boʻlgan shahar 115 ta urushda qatnashgan, 44 marta vayron qilingan, besh marta bombardimonga uchragan va koʻp marta qamalda qolgan[9].

Serbiyaning bosh shahri boʻlgan Belgrad mamlakatda maxsus maʼmuriy maqomga ega[10].  Shahar markaziy hukumat, maʼmuriy organlar va hukumat vazirliklarining qarorgohi, shuningdek, deyarli barcha yirik Serbiya kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy muassasalarning uyidir. Belgrad muhim strategik shahar sifatida qoʻshni davlatlarga siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy taʼsir koʻrsatadi[11].  Shaharda dunyodagi eng katta sigʻimga ega shifoxona majmualaridan biri — Serbiya klinik markazi, eng katta pravoslav cherkovi — Avliyo Sava cherkovi va Yevropadagi eng katta sigʻimli yopiq arenalardan biri Shtark Arena joylashgan.

Belgradda 1948-yildagi Belgrad konferensiyasi, Qoʻshilmaslik harakatining birinchi sammiti (1961), YXHTning birinchi yirik yigʻilishi (1977—1978), Eurovision qoʻshiq tanlovi (2008) oʻtkazilgan. Shuningdek, sport sohasidagi yirik xalqaro tadbir FINA suv sporti boʻyicha birinchi jahon chempionati (1973), UEFA Yevro (1976), Yozgi Universiada (2009) va uch marta (1961, 1975, 2005) EuroBasket kabi tadbirlar uchun Belgrad shahri tanlangan. Belgrad shahri 2023-yilning 21-iyun kuni Expo 2027 ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi mezbonligiga tasdiqlandi[12].

  1. „Национална припадност, 2022 | Републички завод за статистику Србије“. www.stat.gov.rs (2023-yil 28-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  2. „Књиге резултата Пописа 2002: „Књига 3: Вероисповест, матерњи језик и национална или етничка припадност према старости и полу — подаци по општинама”. Републички завод за статистику Србије. Andoza:Page
  3. „Why invest in Belgrade?“. City of Belgrade. 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-oktyabr.
  4. „First results of the 2022 Census of Population, Households and Dwellings“. stat.gov.rs. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
  5. „Discover Belgrade“. City of Belgrade. 2009-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  6. Belgrade A Cultural History. Oxford University Press, 29 October 2008. ISBN 9780199704521. Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar. 
  7. „Jason and the Argonauts sail again“. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-yanvar.
  8. „The History of Belgrade“. BelgradeNet Travel Guide. 2008-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  9. Nurden, Robert. „Belgrade has risen from the ashes to become the Balkans' party city“ (2009-yil 22-mart). 2009-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-may.
  10. „Assembly of the City of Belgrade“. City of Belgrade. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-iyul.
  11. „The World According to GAWC 2012“. GAWC. 2014-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  12. „About“. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.