Beton

Beton (frans. beton va lot. bitumon— togʻ smolasi)—boglovchi modda (mas, sement), suv, toʻldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material i. Qadimda B.dan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. B. texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi B.ning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, B.ning juda ogir (2500 dan yuqori), ogʻir (2000 dan 2500 gacha,) yengil (800 dan 2000 gacha) va alohida yengil (800 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qmlish va boshqa uchun) moʻljallangan xillari bor. B.ning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi.