Bezak

Bezak – 1) narsa, buyumlarga ishlangan naqsh, gul, pardoz; amaliy sanʼat va meʼmorlikda keng ishlatiladi. Oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlar bezatilayotgan yuza (buyum sirti)da boʻyama, chizma, oʻyma, bosma, qadama va boshqa usullarda, meʼmorlikda shuningdek gʻisht va boshqalarni turlicha terib hosil qilinadi; 2) ziynat beruvchi buyum. Zargarlikda taqinchoqlar, miskarlikda suvdon, kosa, piyola; zardoʻzlik yoki kashtadoʻzlikda choyxalta, oynaxalta, dorpech, kirpech, qoziqdungi va boshqalar.