Bijanaklar

Bijanaklar, pecheneglar, patszinaklar — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryosi boʻylari, Orol dengizi oraligʻidagi dashtlarda hamda Kaspiy dengizining sharqi va shim.da milodiy 1-ming yillikning ikjinchi yarmida yashagan bir qancha turkiy qabilalar birlashmasi. Bijanaklar qadimgi Qangʻdavlati aholisi qangʻlilarta mansub boʻlganlar. 8-asrda Yoyiq va Itil daryolari oraligʻida yashovchi qangʻli, sarmat va boshqa qabilalarning birlashuvidan yirik bijanakqangʻli ittifoqi tashkil topgan. 9-asr oxirlarida (889 yil) tabiiy iqlim sharoitining gʻoyat ogʻirlashuvi, xususan qurgʻoqchilik hamda qipchoq va oʻgʻuzlarning siquvi natijasida Bijanaklarning asosiy qismi jan. rus dashtlariga, Qora dengizning shim.dagi yerlarga koʻchib oʻtganlar. Bijanaklar Kiyev Rusi yerlariga muttasil chopqun uyushtirib turganlar. 1010-yildan keyin Bijanaklar qoʻllariga asir tushgan musulmon ulamosi, ilohiyotchi olimi orqali i slom diniga kirganlar. 1112-asrlarda Bijanaklar dan qorilar, ulamolar, fiqhshunoslar chiqqan. 1036-yil Kiyev knyazi Yaroslav Mudriy Bijanaklarga qattiq zarba bergach, Bijanaklarlarning bir kismi Vengriyaga koʻchib ketgan. Bijanaklarning YoykqItil oraligʻida qolgan qismi keyinchalik Dashti Qipchoq tarkibiga kirgan. Bijanaklarning yana bir kismi (8-asr) Amudaryoning quyi oqimida, boshqa bir qismi oʻgʻuzlar tarkibiga kirib Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida koʻchmanchilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Abdurrashid Bakuviy (15a,)ning yozishicha, Bijanaklar turkiy elat boʻlib, shim.da oltinchi iqlimda, saqlablar (slavyanlar)ga yaqin yerda yashaganlar. Ular uzun soqolli, uzun moʻylabli, kuchli va yengilmas boʻlganlar. Ular hech kimga, hech qachon xiroj toʻlashmagan. Faxriddin Hasanov.