Bill Clinton | |
---|---|
Rasmiy portret (1993) | |
42-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1993-yil – 20-yanvar 2001-yil | |
Vitse-prezident | Al Gore |
Oʻtmishdoshi | George H. W. Bush |
Vorisi | George W. Bush |
40- va 42-Arkansas gubernatori | |
Mansab davri 11-yanvar 1983-yil – 12-dekabr 1992-yil | |
Oʻtmishdoshi | Frank D. White |
Vorisi | Jim Guy Tucker |
Mansab davri 9-yanvar 1979-yil – 19-yanvar 1981-yil | |
Oʻtmishdoshi | Joe Purcell |
Vorisi | Frank D. White |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
William Jefferson Blythe III 19-avgust 1946-yil Hope, Arkansas, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Boʻyi | Demokratlar |
Turmush oʻrtogʻi |
Hillary Rodham (turm. 1975) |
Bolalari | Chelsea Clinton |
Ota-onasi |
|
Istiqomat joy(lar)i |
|
Taʼlim |
Georgetown universiteti (bakalavr) Oxford universiteti (daraja yoʻq) Yale universiteti (JD) |
Kasbi |
|
Imzosi |
William „Bill“ Jefferson Clinton (talaffuzi: Uillyam „Bill“ Jefferson Klinton; 1946-yil 19-avgustda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va prokuror boʻlib, 1993-yildan 2001-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 42-prezidenti lavozimini bajargandir. Bungacha 1977-yildan 1979-yilga qadar Arkansas shtati bosh prokurori, 1979-yildan 1981-yilgacha va 1983-yildan 1992-yilgacha Arkansas shtati gubernatori vazifalarida faoliyat yuritgan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Clinton siyosatida „Uchinchi yoʻl“ siyosiy falsafasi aks etgani ortidan „Yangi demokrat“ oʻlaroq tanildi. Uning rafiqasi Hillary Clinton boʻlib, u 2001-yildan 2009-yilga qadar New York shtatidan senator, 2009-yildan 2013-yilga qadar davlat kotibi va 2016-yilgi prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasidan nomzod boʻlgan.
Clinton Arkansas shtatida tugʻilib oʻsgan. Maktabni tugatgach, Georgetown universitetiga oʻqishga kirgan. U Oxford universitetida Rhodes nomidagi stipendiya asosida oʻqidi, keyinchalik Yale universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomladi. U Hillary Rodham bilan Yaleda uchrashgan; ular 1975-yilda turmush qurishgan. Yaleni tugatgach, Clinton Arkansasga qaytdi va shtat bosh prokuroriligi saylovlarida qatnashib, gʻalaba qozondi, keyinchalik ikki muddat (ketma-ket emas) Arkansas gubernatori lavozimini (1979-1981, 1983-1992) bajardi. Gubernator sifatida, u shtat taʼlim tizimiga eʼtibor qaratdi va Gubernatorlar milliy assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi. Clinton 1992-yilgi prezidentlik saylovida qatnashdi va Respublikachilar partiyasidan George H. W. Bush va mustaqil nomzod Ross Perot ustidan gʻalaba qozondi. Shunday qilib, 46 yoshida AQSh prezidenti lavozimini egallab, buning ortidan AQSh tarixida uchinchi eng yosh prezident boʻldi.
Clinton 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Ikkinchi muddati davomida Clinton 22 yoshli Oq uy xodimasi Monica Lewinsky bilan jinsiy aloqa qilganligi ortidan 1996-yilda boshlangan Monica Lewinsky mojarosi uning nufuziga putur yetkazdi. Bu mojaro yil davomida avj oldi va shu yilning 19-dekabrida Vakillar palatasi unga qarshi impichment eʼlon qildi va Clinton AQSh tarixida Andrew Johnsondan keyin impichment eʼlon qilingan ikkinchi prezident boʻldi. Clinton sudga yolgʻon koʻrsatmalar berganlikda hamda prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda haqiqatni qaror toptirishga toʻsqinlik qilganlikda ayblandi. Keyingi yili Sentada impichment boʻyicha sud jarayoni boshlandi, ammo Senatda unga qarshi 67 ta ovoz toʻplanmadi va buning ortidan Clinton ikkala ayblov boʻyicha ham oqlandi.
Clinton prezidentlik lavozimini muddati tugab tark etganidan soʻng, turli ommaviy tadbirlarda chiqish qildi va insonparvarlik ishlari bilan shugʻullandi. Uning prezidentlik davri AQSh prezidentlari tarixiy reytingida yuqori oʻrinni egallagan. Clinton OITSga qarshi kurash va global iqlim oʻzgarishi bilan shugʻullanuvchi Clinton Jamgʻarmasiga asos soldi. 2009-yilda BMTning Gaiti boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. 2010-yili sodir boʻlgan Gaiti zilzilasidan soʻng, Clinton va George W. Bush birgalikda Clinton Bush Haiti Fund xayriya fondiga asos solishdi. Clinton Demokratlar partiyasi siyosatida faolligicha qolib, turmush oʻrtogʻini 2008- va 2016-yilgi saylovlarda qoʻllab-quvvatladi.