Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland1
| |
---|---|
Shior: Dieu et mon droit (Fransuzcha: Xudo va mening huquqim) | |
Madhiya: Xudo qirolni asrasin | |
Poytaxt | London |
Eng katta shahar | London |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Qirol |
Charles III |
Keir Starmer | |
Mustaqillik | |
• Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi |
26 mart 1707 |
• Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi |
1-yanvar 1801 |
Maydon | |
• Butun |
244,820 km2 (78-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.34 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
59,553,800 (22-oʻrin) |
• Zichlik | 243/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$1,869,000 mil. (6-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$31,383 |
Pul birligi | Funt sterling (GBP) |
Vaqt mintaqasi | UTC+0 |
• Yoz (DST) |
UTC+1 |
Qisqartma | UK |
Telefon prefiksi | 44 |
Internet domeni | .uk, .gb, .co.uk |
1 - |
Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) – Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 68.081 million[1] kishi (2020-yil). Poytaxti – London shahri. Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya)dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi[2].