Boburiylar davlati | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Boburiylar davlati xaritasi | |||||||||
Poytaxti | Agra (1526–1530; 1560–1571; 1598–1648)
Dehli (1530–1540; 1554–1556; 1639–1857) Lohur (1586–1598) Fathpur Sikri (1571–1585) | ||||||||
Til(lar)i | fors chigʻatoy tili urdu | ||||||||
Pul birligi | rupiya | ||||||||
Maydoni | 1.000.000 kv km2 | ||||||||
Aholisi | 150.000.000 kishi | ||||||||
Boshqaruv shakli | mutlaq monarxiya | ||||||||
Sulola | Boburiylar | ||||||||
badshoh | |||||||||
- 1526-1530 | Zahiriddin Muhammad Bobur | ||||||||
- 1837-1858 | Bahodir Shoh II | ||||||||
Boburiy imperatorlar (urdu: مغل شہنشاہ , forscha: شاهنشاهان هندوستان) Hindiston yarimorolidagi Boburiylar imperiyasining oliy davlat boshliqlari boʻlgan. Imperiya asosan hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladesh mamlakatlari hududlariga toʻgʻri keladi. Boburiy hukmdorlari oʻzlarini badshoh (buyuk podshoh) yoki shahanshoh deb atashgan, odatda fors tilidan „imperator“ deb tarjima qilingan[1]. Ular 1526-yildan boshlab Hindistonning ayrim qismlarini, 1707-yilga kelib subkontinentning aksariyat qismini boshqara boshladilar. Keyinchalik hududlar qisqara bordi, lekin sulola1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻolonigacha nominal ravishda hududlarni boshqardi.
Boburiylar kelib chiqishi Oʻrta Osiyodan boʻlgan turk-moʻgʻul Temuriylar sulolasining bir tarmogʻi edi. Ularning asoschisi, Farg‘ona vodiysidan (hozirgi O‘zbekiston) bo‘lgan temuriy shahzoda Bobur Temurning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodi bo‘lgan (odatda g‘arb xalqlarida Temurlan deyiladi). Temur esa chingiziy malikaga uylanishi orqali Chingizxonga aloqador bo‘lgan.
Keyinchalik Boburiy imperatorlarining koʻpchiligi nikoh ittifoqlari orqali muhim hind rajputi va fors ajdodlariga bogʻlangan, chunki imperatorlar Rajput va Fors malikalaridan tugʻilishi zarur boʻlgan[2]. Masalan, Akbar yarim fors (onasi asli fors), Jahongir yarim rajput va chorak fors, Shoh Jahon esa to‘rtdan uchi rajput boʻlgan[3].
Avrangzeb hukmronligi davrida (taxm. 1658-1707-yillar), imperiya jahon yalpi ichki mahsulotining 25% dan ortigʻiga teng boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyot va ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan. Sharqda Chittagongdan gʻarbda Kobul va Balujistongacha boʻlgan Hindiston yarimorolining deyarli barcha qismini va shimolda Kashmir janubda Kaveri daryosi havzasigacha yetgan hududni boshqargan[4].
Oʻsha paytda imperiyaning aholisi 110 dan 150 million kishigacha boʻlgan boʻlsa (dunyo aholisining chorak qismi), hududi esa 4 million kvadrat kilometrdan (1,5 million kvadrat milya) ortiq edi[5]. XVIII asrda Boburiylarning qudrati susayib ketadi va oxirgi imperator Bahodurshoh II 1857-yilda Britaniya Rajining oʻrnatilishi bilan taxtdan agʻdariladi[6].