Boku | |
---|---|
poytaxt | |
| |
40°23′43″N 49°52′56″E / 40.39528°N 49.88222°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Hukumat | |
• hokim | Hojibala Abutolibov |
Maydon | 2,140 km2 (830 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Ozarbayjon tili |
Aholisi (2016) |
2 225 800 |
Zichligi | 1040 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib | islom |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
Telefon kodi | +994 12 |
Pochta indeks(lar)i |
AZ1000 AZ1002 AZ1006 AZ1044 AZ1063 AZ1072 |
Avtomobil kodi | 10, 90, 77 |
|
Boku (ozarbayjoncha: Bakı) — Ozarbayjon Respublikasining poytaxti. Absheron yarimorolida, Kaspiy dengizining gaʼrbiy sohilida joylashgan. Maydoni 2130 km², taxminan 2,2 mln aholiga ega. Boku shahri tarkibiga 12 tuman, 5 shahar tipidagi posyolka va 32 qishloq kiradi.[1]
Shahar markazi qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Bokuning dengiz sohili qismi okean sathidan taxminan 28 m quyidadir. Boku viloyati hududida minerallardan neft, gaz va qurilish materiallari qazib olinadi; muolaja uchun muhim mineral suvlar chiqadi. Koʻpgina balchiq vulqoni mavjud. Iqlimi quruq subtropikdir. Oʻrtacha havo darajasi yanvarda 3-4 °C, iyulda esa 25-26 °C boʻladi. Yiliga 210 mm yogʻin yogʻadi. Kuchli shimol shamoli (xazriy) va janub shamoli (gilavar) Bokuga xosdir.
Boku shahrida va Absheron yarimorolida insonlar qadim zamonlardan beri oʻtroqlashgan va bu yerda aholi punktlari hosil boʻlgan. Bunga sabab Boku shahrining fizik-geografik sharoiti shimoldan janubga, gʻarbdan sharqqa migratsiya va tijorat yoʻllarining kesishgan markazida joylashishi, iqlim sharoiti va eng qadimgi davrdan yer yuziga chiqqan nafta nomli yoqilgʻi va energiya boyligi boʻlgan. Absheron hududida topilgan arxeologik materiallar Bokuda qadimdan insonlar yashaganini isbotlaydi. Pirallahi, Zigʻ koʻli atrofi, Shuvalan, Mardakon, Amirjon va boshqa yerlarda mil.av. III-I mingyilliklarga oid arxeologik ashyolar topilgan. Bokuning paydo boʻlish tarixi nomaʼlum.[2]
Boku Kavkazdagi eng muhim turistik makonlardan biri hisoblanadi. 2014-yilda Boku Forbes jurnalining ruslar uchun biznes sohasida eng jalb qiluvchi sobiq SSSR shaharlari reytingida top oʻnlikka kirgan. 2015-yilda Boku Lonely Planetning sayohat uchun eng qiziqarli makonlar reytingida yettinchi, New York Times gazetasining „2015-yilda safar qilish uchun dunyoning eng yaxshi joylari“ reytingida esa 51-oʻringa loyiq koʻrildi. 2016-yilda Trip Advisor sayohat saytining yiqqan savol anketasida eʼtiborga molik va rivojlanayotgan turizm mintaqalari roʻyxatida Boku shahri 5-oʻrinni egallagan.[3][4][5][6]
<ref>
tag; no text was provided for refs named R1
<ref>
tag; no text was provided for refs named R2
<ref>
tag; no text was provided for refs named R3
<ref>
tag; no text was provided for refs named R4
<ref>
tag; no text was provided for refs named R5
<ref>
tag; no text was provided for refs named R6