Bomiyon

Bomiyon, Bomikon, Bomyanna — Afgʻonistonning markaziy qismidagi qadimiy shahar, B. viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 10 ming kishiga yaqin. B. 1-asrda barpo boʻlgan, 7-asrda uni arablar fath etgan. 1013-asr boshida B. dastlab gʻaznaviylar, soʻng gʻuriylar, keyin xorazmshohlarga tobe boʻlgan. 1221 y. B.ni moʻgʻullar vayron qilgan, 16-asrdan u boburiylar tasarrufidaboʻlgan. B. 18-asr 2-yarmidan Afgʻoniston davlati tarkibida.

Xitoylik sayyoh Syuan Szan va arab tarixchilari keltirgan maʼlumotlarga koʻra, B. islom dini kirib kelgunga qadar buddizmnint yirik markazi hisoblangan. U yerda qoyatoshlarni yoʻnib bunyod etilgan oʻndan ortiq butxona oʻtmishda mavjud boʻlib, ularning mingdan ziyod rohib (monax) lari boʻlgan. Butxonalar oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, ularga koʻplab erkak va ayol qiyofasidagi tosh sanamlar oʻrnatilgan. Erkak qiyofasidagi sanamlardan birining boʻyi 53 m, ayol qiyofasidagilaridan birining boʻyi esa 3S m. boʻlgan. Afgʻonistondagi Tolibon rahbariyati qaroriga muvofiq, mamlakatdagi islomiyatga qadar yaratilgan moddiymadaniy obi dal ar, shu jumladan B.dagi budda sanamlari vayron qilingan (2001-yil mart).