Boston, Massachusetts shtati | |
---|---|
Shahar | |
| |
42°21′29″N 71°03′49″W / 42.35806°N 71.06361°W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Massachusetts |
Okrug | Boston |
Hukumat | |
• Mer | Michelle Wu |
Asos solingan | 7-sentyabr, 1630-yil |
Maydon | 2,321,423,214 km2 (896,306,514 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 22 m |
Iqlim turi | Keskin moʻtadil |
Rasmiy til(lar)i | Ingliz |
Aholisi (2011) |
625 087 |
Zichligi | 4924 kishi/km2 |
Telefon kodi | 617 va 857 |
Pochta indeks(lar)i | 02108-02137, 02163, 02196, 02199, 02201, 02203, 02204, 02205, 02206, 02210, 02211, 02212, 02215, 02217, 02222, 02228, 02241, 02266, 02283, 02284, 02293, 02295, 02297, 02298 |
|
Boston — AQShning shimoli-sharqidagi shahar va Massachusets shtatining maʼmuriy markazidir. Yangi Angliyaning asosiy iqgisodiy markazi. AQShning yetakchi sanoatmoliya va madaniyati rivojlangan shaharlaridan. Aholisi 574 ming kishi, shahar atrofi bilan birga 4 million (1990-yillar oʻrtalari). AQSh tarixida 1773-yilgi „choy gʻalayoni“ bilan mashhur, bu gʻalayon Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarning ozodlik uchun olib borgan urushlari odsidan boʻlgan edi. Boston — Atlantika okeani sohilidagi yirik port (yuk ortib tushirish 20 million t dan ortiq), xalqaro aeroport bor. Shosse va temir yoʻl tuguni. Muhim sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, radioelektronika va priborsozlik, aviadvigatellar, samolyot va raketa qismlari, stanoksozlik va boshqa Kemasozlik, kimyo, rezina, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Yirik savdo markazi. Bostonda 18—19-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar, universitetlar (Boston universiteti, Harvard universiteti), Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi, nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga 1630-yilda asos solingan.[1]
Boston Massachusetts shtatining markazi boʻlib, uning eng katta shaharlaridan biridir.[2] Boston AQShning eng tarixiy shaharlaridandir.