Botanika

Botanika (yun. botanikos – oʻsimlikka tegishli, botane – oʻsimlik, oʻt, giyoh) – oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, fiziologiya, ekologiya, usimliklar xom ashyosi, bioqimyo, usimliklar geografiyasi, dendrologiya, palinologiya kabi tarmoqlarga boʻlinadi. Botanika suvoʻtlar, poʻsinlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻli oʻsimliklar, zamburugʻlar va lishayniklar deb ataladigan boʻlimlardan iborat.

Botanika boshqa biologik fanlari kabi kuzatish, tarixiy taqqoslash va tajriba usullaridan foydalanadi. Bu usullar kolleksiyalar yigʻish va tuzishdan, tabiatda va tajriba maydonlarida kuzatish va tajribalar oʻtkazish, olingan maʼlumotlarni matematik usulda ishlab chiqishdan iborat. Botanika klassik botanika metodlari bilan bir qatorda zamonaviy kimyo, fizika, kibernetika va boshqa fanlarning ilmiy tadqiqot metodlaridan ham foydalanadi.

Oʻsimliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar qad. Sharq xalqlari qoʻlyozmalarida uchraydi. Lekin ilmiy botanikaga yunonlar asos solishgan. Oʻsimliklarni tekshirishga bagʻishlangan eng qadimiy maʼlumotlar yunon faylasufi Aristotel ishlarida uchraydi. Aristotelning shogirdi Teofrast birinchi boʻlib oʻsimliklarning hayotiy shakllari tasnifini bergan, oʻsimliklarni daraxtlar, butalar, yarim butalar va oʻtlarga ajratgan. Teofrast B.ning otasi hisoblanadi. Oʻrta asrda yashagan vatandoshlarimiz Beruniy va Ibn Sino asarlarida ham shifobaxsh oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab maʼlumotlar beriladi. Endilikda oʻsimliklar qoplamining biosferadagi ahamiyati, biosferaning eng muhim komponenti sifatida ularni muhofaza qilish, oʻsimliklar dunyosi genofondini saqlash, oʻsimlik boyliklaridan oqilona foydalanish muammolari birinchi oʻringa chiqdi.

Oʻzbekistonda. Botanika sohasidagi dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari XX asrning 20- yillarida boshlangan. Oʻsha yillari Oʻrta Osiyo davlat universiteti, 40- yillar boshida esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston usimliklarini oʻrganish boʻyicha bir necha ekspeditsiyalar uyushtiradi. Yigʻilgan oʻsimliklar kolleksiyasi Oʻzbekiston gerbariysini tuzish uchun asos boʻldi. Hozir Fanlar akademiyasi Botanika institutidagi markaziy gerbariyda 1 mln.dan ortiq usimliklar namunasi va 10000 dan ziyod oʻsimlik turlari bor. Bu kolleksiyalar va tabiatda olib borilgan kuzatishlar Urta Osiyo florasining genezisi va usimliklar krplamining rivojlanishi toʻgʻrisida yirik nazariy va fundamental ishlarni amalga oshirishda asosiy baza boʻlib xizmat qildi. Xususan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan 1941—62 yillarda 6 jildli „Oʻzbekiston florasi“ asari yaratildi. Unda 4274 oʻsimlik turlari, jumladan 390 endemik turlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Oʻzbekiston botaniklari Urta Osiyo respublikalari olimlari bilan hamkorlikda 8 mingdan ortik, turni oʻz ichiga olgan 10 jildli „Urta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi“ni tuzib chikishdi. Zamburugʻlar boʻyicha esa 10 jildli „Oʻzbekiston zamburugʻlari“ nomli asar yuzaga keldi.

Oʻzbekistonning qazilma florasi boʻyicha Botanika instituti olimlari tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriddi. Tadqiqot natijasida 3 jiddli „Oʻzbekiston paleobotanikasi“ paydo boʻldi. Choʻl, yarimchoʻl, togʻ oldi oʻtloqlarining hosildorligini oshirishning fitomeliorativ va agrotexnikaviy metodlari asoslab berildi va amaliy foydalanishga takdim etildi.

Oʻzbekiston florasi va oʻsimliklar qoplami boʻyicha ilmiy tadqiqotning natijalari M. G. Popov (1927), Ye. P. Korovin (196162), I. I. Granitov (196467), Q. 3. Zokirov (1955—61) ishlarida keng yoritiddi. 1965-yilga kelib Oʻzbekiston oʻsimliklarining yirik masshtabli geobotanik haritasi tuzildi.

B. institutida olib borilgan geobotanikaga oid materiallar asosida 4 jilddan iborat „Oʻzbekistonning oʻsimliklar qoplami va ulardan oqilona foydalanish“ asari nashr qilindi. Botanika institutida dorivor va efir moyli yemxashak hamda oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan oʻsimliklarni aniqlash va ulardan foydalanish sohasida ham bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari bajariddi. J. K. Saidov rahbarligida usimliklarning choʻl sharoitiga moslashuv xususiyatlari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Noyob va yoʻqolib borayotgan turlarni muhofaza qilish sohasida olib borilgan ishlar asosida 1984-yilda 163 oʻsimlikturini oʻz ichiga olgan „Oʻzbekiston Kizil kitobi“ yaratildi.

Oʻsimliklar morfologiyasi, anatomiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi sohasida choʻl oʻsimliklarining qurgʻoqchilikka moslanishining oʻziga xos morfologik xususiyatlariga oid koʻp ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va yirik monografiya hamda toʻplamlar nashr etildi.

Suv oʻtlarini oʻrganish ishlari akademik A. M. Muzaffarov rahbarligida olib borildi. Suv oʻtlarini jadal kupaytirish, ulardan chorvachiliqda va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida foydalanish usullari ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyo hamda Oʻzbekistonning algoflorasiga oid qator asarlar chop etildi.

Kelgusida botanika sohasida olib boriladigan ishlar ekologiya, tabiat muhofazasi, oʻsimlik xom ashyolaridan oqilona foydalanish, Respublikada uchraydigan zamboʻrugʻ, tuban va yuksak oʻsimliklar turlarini aniqlash, ular orasidan muhofazaga molik turlarni ajratish, oʻsimliklar qoplamining hozirgi holatini aniqpash, eroziyaga uchragan yerlarning katta hajmdagi haritalarini tuzish va usimliklarning kayta tiklanishi bilan bogʻliq muammolarni ishlab chiqish, usimliklarning ayniqsa choʻl sharoitida usishga moslanish qonuniyatlarini, Orol dengizining suvi qurib qolgan joylarda tuzga, issiqlikka va qurgʻoqchilikka chidaydigan oʻsimliklarni topib oʻstirish hamda turli darajada ifloslangan oqova suvlarni biologik (botanik) usulda tozalash hamda eng foydali (dorivor, yemxashak va boshqalar) oʻsimliklar biologiyasini oʻrganib, ularni ekma oʻsimliklar qatoriga kiritish kabi masalalarga qaratiladi.