Buyuk fransuz inqilobi — Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy taraqqiyotga yoʻl ochgan inqilob (1789—99). Qirol Lyudovik XVI 1789-yil 5-mayda Bosh shtatlar (parlament) majlisini chaqirdi. 3toifa deputatlari 17-iyunda oʻzlarini Milliy majlis, 9-iyulda esa Taʼsis majlisi deb eʼlon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. 14-iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu Buyuk fransuz inqilobining boshlanishi edi. Avgust oyida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792-yil 10-avgust qoʻzgʻoloni natijasida monarxiya tuzumi agʻdarildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari — jirondistlar qoʻliga oʻtdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori boʻlgan yakobinchilar jirondistlarga qarshi chiqdi. 1793-yil yanvarda Konvent (oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ) hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793-yil 31-may — 2-iyun qoʻzgʻoloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi oʻrnatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa monarxiyachi davlatlar (Prussiya, Avstriya va boshqalar) qoʻshini ustidan gʻalabasini taʼminladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va magʻlubiyatga olib keldi. 1794-yil termidor (Fransiya Respublikasi taʼsis etgan kalendar boʻyicha 11oy) toʻntarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qoʻydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qoʻlida jamlandi. Direktoriya (1795-yil apreldan 1798-yilda MISRGA qilinsa yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatini egallash chorladi.) 1799-yil 10-noyabrgacha Fransiya hukumati) oʻz tuzumini oʻrnatdi. 1799-yil 18 bryumer kuni uyushtirilgan davlat toʻntarishi fransuz inqiobiga barham FRANSIYADAGIburjua inqilobi nihoyasiga yetdi.Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham maʼlum maʼnoda burilish nuqtasi boʻldi. U olgʻa surgan «OZODLIK, TENGLIK, BIRODARLIK!» gʻoʻʼoyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik taʼsir koʻrsatdi. Shuningdek, inqilob tarixi koʻplab xalqlar uchun katta saboq ham boʻldi. Uning ayovsiz qorinlari, barcha muammolarni hal etishning vositasi sifatida terrorning qoʻllanishi kabilar ham inqilobi keltirgan dahshatli reallik boʻldi.