Charles Dickens | |
---|---|
Dickens (New York, tax. 1867–1868) | |
Tavalludi |
Charles John Huffam Dickens 7-fevral 1812-yil Portsmouth, Angliya |
Vafoti |
9-iyun 1870-yil (58 yoshda) Higham, Kent, Angliya |
Fuqaroligi | United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Kasbi | Yozuvchi |
Turmush oʻrtogʻi |
Catherine Dickens (turm. 1836; ajr. 1858) |
Otasi | John Dickens |
Onasi | Elizabeth Dickens |
Imzosi | |
Charles John Huffam Dickens (talaffuzi: Jon Haffem Charlz Dikkens; 7-fevral 1812 – 1870) – ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dickens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dickens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari (1837), Oliver Twistning sarguzashtlari (1838), Nikolas Niklbi (1839) romanlari Dickensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40—50-yillari Dickens ijodi gullagan davr boʻldi. „Martin Chuzzlewit“ (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. Dombi va oʻgʻli (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi „David Copperfield“ (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dickens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dickens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi (Sovuq uy, 1853; „Mashaqqatli zamon“, 1854; Jajji Dorrit, 1857 va boshqalar). Bular orasida, ayniqsa, Mashaqqatli zamon romani alohida ahamiyatga ega.
„Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa“ (1859), „Intizorlik“ (1861), „Bizning umumiy doʻstimiz“ (1865) kabi romanlarida esa Dickens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.
„Oliver Twistning sarguzashtlari“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).