Chimyonsoy

Chimyonsoy
Chimyonsoy va Katta Chimyon togʻi (oʻrta qismida, iyunda)
Chimyonsoy va Katta Chimyon togʻi

(oʻrta qismida, iyunda)

Tavsif
Uzunligi 17
Davlat Oʻzbekiston


Chimyonsoy – Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi soy boʻlib, hozirgi vaqtda Chorvoq suv omboriga quyiladi. Inqilobdan oldingi va sovet rus tilidagi manbalarda „Chimganka“ nomi bilan mashhur[1][2].

Chimyonsoy vodiysida pansionatlar, bolalar oromgohlari, sil kasalligiga chalinganlar sanatoriyasi qurilgan boʻlib, u yerda togʻ changʻisi boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi[3].

Uzunligi 17 km, xavzasining maydoni 39,3 km²ni, havzasining oʻrtacha balandligi esa 1635 metrni tashkil etadi. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan 2000 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Chimyonsoy boshlanish qismida yon bagʻirlari baland darasimon tor vodiy va toshloq joydan oqib, nisbati kengroq Chimyon soyligiga chiqadi (soylikning tubi gʻovak jinslardan tarkib topgan). Chimyonsoyning Qiziljar irmogʻi qoʻshilgan tor vodiydan oqadi, uning Katta Koʻksoy va Qiziljar soy irmoqlariga koʻplab buloq suvlari quyiladi.

Chimyonsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi 0,6—0,7 m³/sek ni tashkil etadi. Asosan, qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi va yer osti suvlari yillik oqimning 70%ni tashkil etadi. Mayiyun oylarida suvi koʻpayadi, dekabrfevralda kamayadi. Soydan sugʻorishda foydalaniladi.

  1. Туркестанский календарь на 1904 год, Ташкент, 1914 — 52-bet. 
  2. Якуб Колас. „Стихотворения и поэмы / Стихотворение Чимган (1943)“ (ru). unotices.com.[sayt ishlamaydi]
  3. „Чимгансай“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.