Chinni

Chinni (chin soʻzidan) — suv, gaz va elektr oʻtkazmaydigan, oʻtga chidamli, jarangdor, asosan, oq rangli (yupqasi yorugʻlik oʻtkazadigan) mahsulot; keramikaning nafis turi. Maxsus tuproq (Chinni gili), kaolin, kvars, dala shpati va boshqa xom ashyolar aralashmasidan tayyorlanadi. Chinnidan roʻzgʻor buyumlari (choynak, piyola, kosa, likopchalar, laganlar), bezak buyumlari (guldon, haykalcha va boshqalar), meʼmorlik detallari, sanitariyagigiyena buyumlari ishlanadi, kislotalar taʼsiriga chidamli (ftorid kislotadan tashqari) boʻlganidan kimyo sanoatida, elektr utkazmasligi tufayli radiotexnika va elektrotexnikada foydalaniladi.

Sifati jihatdan nafis Chinni (turkcha farfur, forscha — fagʻfur; eng sifatli Chinni tayyorlangan qad. Xitoy viloyatining nomi), dagʻal Chinni (fayans, italyancha — Faens; yirik keramika markazi boʻlgan shaharning nomi), texnik, xujalik, sirlangan va sirlanmagan Chinni farqlanadi. Nafis Chinnining suvni singdirishi 0,5% gacha. Dagʻal Chinni nafis Chinniga nisbatan sergʻovakligi, suvni koʻproq singdirishi (9—12% gacha) bilan farq qiladi, shuning uchun ham u sirlanadi. Nafis Chinni ham, dagʻal Chinni ham bir xil xom ashyolardan tayyorlanadi (tarkibi: oq gil va kaolin 45—50%, kvars qumi 25—35%, dala shpati 12 — 25%, boʻr 0 —10%, chinni siniqlari 5—15%), faqat tayyorlash texnologiyasi har xil boʻladi. Chinnining qattiq va yumshoq turlari ham bor. Idishlar yasashda, texnika va sanoatda qattiq Chinni ishlatiladi, badiiy va bezak Chinni mahsulotlari yumshoq Chinni dan tayyorlanadi. Qattiq Chinni yumshoq Chinniga nisbatan chidamliroq, xom ashyosi tarkibida tuproq koʻproq (45— 60%) boʻladi, shuning uchun ham yumshogʻiga nisbatan yuqori trada (yumshogʻi 1300° gacha, qattigʻi 1450°gacha) pishiriladi. Chinni mahsulotlari sirlanib, boʻyalib, gullar solinib yoki gul bosilib ishlab chikariladi.

Xitoyda 4—6-asrlarda chinnisozlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan, Chinnining tarkibi va tayyorlash texnologiyasi sir saqlangan. 11 — 14-asrlarda Eron, 16-asrda yapon Chinnisi shuhrat qozondi. 16-asrda Yevropada (Florensiya, Fransiya, Gollandiya, Angliyada) ilk Chinni buyumlari paydo boʻldi, dastlabki Chinni zdi 1710-yilda Maysenda, 1717—18 yillarda Venada, 1744-yilda Peterburgda qurildi. Daniya (Kopengagen), Shvetsiya (Mariyeburg), Gollandiya (Been, Gaaga), Belgiya (Turne), Shveysariya (Syurix), Chexiya (Slavkov, Klashterets) badiiy Chinnisi shuxrat qozondi. 18-asr va 19-asrda Chinnidan bezak mahsulotlar va badiiy buyumlar yasalgan. 20-asr boshlaridagina Chinni sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan.

Oʻrta Osiyoga Chinni qadimdan Xitoy va Erondan, keyinchalik Rossiyadan keltirilgan. Mahalliy kulollar (ayniksa, Rishton kulollari) sopolning Chinniga yakin xillarini ishlashgan. Oʻzbekistonda Chinni sanoati 20-asr 50-yillarida yuzaga keldi, birinketin Toshkent, Samarqand, Quva, Angren shaharlarida Chinni zdlari qurildi.