Chiralma

Chiralma
Tavsif
Daryolar havzasi 103 km
Suv sarfi 2,62 m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Piskom
Davlat Oʻzbekiston
Tuman Boʻstonliq tumani

Chiralma, Charalma, Chara-Olma – Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidan oqib oʻtuvchi togʻ daryosi[1]. Oygaying daryosining katta chap irmogʻi. Oygaying va Maydontol bilan birga Piskom daryosining uchinchi suv manbai hisoblanadi[2].

Daryo havzasining maydoni 103 km². Oʻzanidagi oʻrtacha yillik suv sarfi 2,62 m³/s ni tashkil qiladi. Suv havzasining oʻrtacha balandligi 2700 m. Bosh nuqtasi uchun suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,470 ga teng (1934–1999-yillardagi kuzatishlar davomida)[3]. Suvda muallaq moddalar deyarli yoʻq, uning oʻrtacha yillik loyqaligi 10 g/m³ .

Chiralma Piskom tizmasidan boshlanadi. Daryo togʻ darasidan pastga qarab oqib tushadi.

Karangitugay trakti hududida Chiralma chapdan Oygaying daryosiga taxminan 1480 m balandlikda quyiladi. Baʼzida Chiralma Piskomning uchinchi suv manbai sifatida koʻrsatiladi. Uch daryoning tutashgan joyidagi sohil boʻyida toʻqay oʻsimliklari terak, qayin, olma, shilvi, kamxastak, yashil maysalar, oʻt-oʻlanlar, baʼzi joylarda qamishzorlar va yirik archa daraxtlari oʻsadi.

Chiralma daryosining pastki sohillaridan kembriy trilobitlarining tosh qotgan namunalari topilgan.

Hozirda Chiralma irmogʻida loyqa miqdori 3000 g/kub yetgan.

  1. „Obyekt - Chiralma“.
  2. Афанасьев А. В., Бажанов В. С., Корелов М. Н., Слудский А. А., Страутман Е. И.. Звери Казахстана. Алма-Ата: Издательство Академии наук Казахской ССР, 1953 — 87-bet. 
  3. Чуб 2007.