Chorboq suv ombori

Chorboq suv ombori
Morfometriya
Maydoni 37 km²
Sigʻimi 2 km³
Sohil chizigʻining uzunligi 94 km
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1970
Toʻgʻon balandligi 168 m
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Piskom, Koʻksuv, Chatqol, Novalisoy, Chimyonsoy
Oqib ketadigan irmoqlar Chirchiq
Joylashuvi
Hudud Toshkent viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41.6375/70.0333

Chorboq suv ombori Toshkent viloyatining shimolida, Boʻstonliq tumanida joylashgan suv ombori, viloyatni suv va gidroenergiya bilan taʼminlovchi irrigatsion inshootdir. U Chirchiq daryosi boʻyida, Gʻarbiy Tyan-Shanning Ugom va Chatqol togʻ tizmalari oraligʻida Piskom va Chatqol daryolarining qoʻshilish joyidan bir oz pastroqda joylashgan. Suv havzasi maydoni 3200 km²[manba kerak].

Suv ombori Chorvoq GESdagi 168 metr balandlikdagi tosh toʻgʻondan hosil boʻlgan[1]. Suv omborining hajmi taxminan 2 km³. Suv omborining suv yuzasi maydoni 37 km² dan ortiq, qirgʻoq chizigʻining uzunligi yuz kilometrga yaqin. Yozda suv ombori sathi sezilarli darajada pasayadi, chunki uning suvi Chirchiq vodiysida irrigatsiya va sugʻoriladigan dehqonchilik uchun ishlatiladi.

Suv omborida zogʻora, qora baliq, gulmoyi, sig, pelyad kabi baliq turlari mavjud.

2020-yil 10-iyuldan boshlab suv omborida motorli suv transporti harakati taqiqlanadi. „Maxsus vazifalarni bajarishga vakolatli vazirlik va idoralar“ ushbu taqiqdan mustasno. Motorsiz suv transportidan yoki muqobil energiya manbalari orqali harakatlanadigan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi[2][3].

  1. „Фотография плотины Чарвакской ГЭС“ (ru). www.photohost.ru. Qaraldi: 2019-yil 15-dekabr.
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI“. lex.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
  3. „На Чарваке предлагается запретить купание“. Газета.uz (2020-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.