Chu | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 186 |
Suv sarfi | 130 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Qirgʻiziston va Qozogʻiston |
Chu |
Chu (qirgʻizcha: Чүй) yoki Shu (qozoqcha: Шу) — Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalari hududidagi daryo. Uzunligi 1067 km, havzasining maydoni 62,5 ming km². Markaziy Tyaniiandan boshlangan Krraxoʻjir (quyi oqimida Juvonariq) va Qoʻchqor daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib Sirdaryoga 110 km yetmasdan qumlar orasida tugaydi. Ch. bosh qismida chuqur vodiyda tez oqadi. Kungay Olatovi bilan Qirgʻiziston togʻ tizmalarini kesib oʻtib tor Boʻoʻm darasini hosil qiladi. Boʻoʻm darasidan oʻtgach, Chu vodiysiga chiqadi va Betpakdala hamda Moʻyinqum choʻllari orasida sekin oqadi. Ch.ning togʻli qismida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Toshqin paytida Kutemaldi tarmoqchasi orqali suvining bir qismi Issiqkoʻlga quyiladi. Ch. Boʻoʻm darasidan keyin oʻngdan Katta Kebin, Kichik Kebin, Irgʻayli, Koʻkpatos; chapdan Alameddin, Oqsuv, Qorabolta, Quragʻati irmoqlari qoʻshiladi. Asosan, qor suvlaridan, qisman muzliklardan toʻyinadi. Bahorda sersuv. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi togʻdan chiqaverishda 52,9 m³/sek. Ch. togʻli qismida muzlamaydi, tekislik qismida 3—3,5 oy muzlaydi. Daryodan Katta Chu, Shoʻrtepa, Otboshi, Choʻmish, Georgiyevka kanallari chiqarilgan; Otboshi, Alameddin GESlari kurilgan. Ch. sohilida Toʻqmoq, Chu shaharlari joylashgan. Daryo vodiysi boʻylab Taroz — Bishkek — Baliqchi temir yoʻl oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |