Dabusiya (Dabusqalʼa) — arxeologik yodgorlik (mil.av. Z-mil. 19-asr). Zarafshonning oʻng qirgʻogʻida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin sh.dan 7 km shim.-gʻarbda joylashgan. Ark (1,4 ga) keng xandaq va shahriston (taxminan 2,2 ga) bilan oʻralgan, atrofi rabod (60 ga dan ziyod)dan iborat. Antik davr qadahlari (mil. av. Z-a. — mil. 3-asr), ilk oʻrta asrlarga (6—7-asrlar) mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar (9— 12-asrlar), tangalar, shisha idishlar va b. narsalar topilgan. 6—7-asrlarda Buyuk ipak yoʻlida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi Soʻgʻdda koʻtarilgan qoʻzgʻolon paytida (8-asr). D.da 10 ming kishilik garnizon bulgan. 9—12-asrlarda Samarqanddan Buxoroga boradigan „shoh yoʻli“da D. Soʻgʻdning yirik shahri hisoblangan. 13-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 15—18-asrlarga oid tarixiy manbalarda qalʼa sifatida eslatib oʻtilgan. 19-asrda Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qalʼasiga aylangan. Ark oʻrnida bek qalʼasi joylashgan.[1]