Turi | AJ |
---|---|
Egasi | Chevrolet |
Status | Chaebol |
Shiori | «Ozodliksiz birlik, birliksiz ozodlikdan yaxshi!» |
Qachon asos solingan | 22-mart, 1967-yil |
Qchon tugatilgan | 1-noyabr, 1999-yil |
Tugatilish sababi | Bankrotlik |
Joylashuvi | Seul, Koreya Respublikasi |
Asoschi(lari) | Kim Woo-choong |
Oʻrinbosari | GM Korea (Chevrolet) |
Boʻlinmalari |
FSO Daewoo Motors Daewoo Electronics Automobile Craiova |
Ishchilar soni | 320,000[1][2] |
"DEU" KORPORATSIYASI (DAEWOO Corporation(/ˈdaɪwuː/ DY-woo; Hangul: 대우, Hanja: 大宇, IPA: [tɛ.u]; ) — Janubiy Koreyaning yirik sanoat kompaniyalari guruhi, jahondagi eng yirik korporatsiyalardan biri. Asosan avtomobillar, shuningdek, qurilish, kemasozlik, ogʻir sanoat jihozlari, stanoksozlik, as-bobsozlik, telekommunikatsiya jihozlari, elektrotexnika, maishiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy xizmat koʻrsatish, telekommunikatsiya xizmati, mehmonxona biznesi vab. bilan shugʻullanadi. "DEU"ning toʻqimachilik mahsulotlari i. ch. va uni eksport qilish bilan shugullanadigan birinchi kompaniyasi — "Daewoo industrial Co.Ltd." 1967-yilda tashkil qilingan. 1975-yilda umumiy savdo kompaniyasi maqomini oldi. 1976—80 yillarda qurilish, moliyaviy xizmat, kemasozlik, ogir sanoat, avtomobilsozlik (1978-yildan), aloqa, elektronika va b. tarmoklarda faoliyat boshladi. 1982-yildan transmilliy korporatsiyaga aylandi. 1995-yilda chet ellarda 102 vakolatxonasi ochildi, unga qarashli 155 kompaniya ishladi. 1990—95 yillarda "DEU" oʻzining umumiy menejment rejasiga muvofiq yengil avtomobillari bilan Yevropa bo-zorida savdo qila boshladi. 1995-yilda korporatsiya dunyo boʻyicha 636 ming dona avtomobillarini sotdi. Shu davr mo-baynida "DEU" Polsha, Ruminiya, Chexiya, Oʻzbekistan, Vyetnam, Meksika va Lotin Amerikasi davlatlariga asosiy investitsiyalarini kiritdi.
1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi va "DEU" korporatsiyasi oʻrtasida "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasini tuzish boʻyicha bitim imzolandi va 1996-yil martga kelib zavod ishga tushiriddi (qarang Asaka avtomobil zavodi). Bundan tashqari "DEU" Oʻzbekistonda kommunikatsiya sohasida ham faoliyat yuritadi (mas, "DEU yunitel" uyali aloqa vositalari kompaniyasi). "DEU" Afrika, Osiyo, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Shim. Amerikadagi 85 dan ortiq mamlakatda 380 investitsiya loyihalarida katnashdi, jami savdo hajmi 72 mlrd. AQSH dollariga yetdi (1998). 1997—98 yillarda Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz "DEU"ni ham chetlab oʻtmadi. 2001-yilda avtomobilsozlik sohasida "DEU motor" aksiyalarining 35 foizini AQShning "Jeneral Motors" kompaniyasi sotib oldi.