Daryo.uz | |
---|---|
Slogani | “Yangiliklar daryosidan chetda qolmang” |
Muassisi | "Simple Networking Solutions" MChJ |
Ochilgan sanasi | 2013-yil |
URL | https://www.daryo.uz |
Daryo.uz – 2013-yil yanvar oyidan buyon faoliyat yuritayotgan oʻzbek tilidagi axborot internet-nashri [1]. Bosh muharrir – Ahmad Yusupov. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligidan Ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.[2]
„Daryo“ – bu jahonda va Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan eng soʻnggi yangiliklarni oʻquvchilarga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishga moʻljallangan internet-nashr.
Internet-nashri Oʻzbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri hisoblanadi.
„Daryo“ 2013-yilda Uz Milliy domeni internet-festivalida „Yil yangiligi“ nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrinni egallagan. 2014-yilda Uz domeni internet-festivalining eng ommabop OAV sayti yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq topilgan.
Nashr yangiliklarini 1 oyda 4 milliondan ortiq kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 21 milliondan oshadi.
Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli, yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar faoliyat olib boradi[3].