| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: Birinchi Shtat | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Dover | ||||
Eng yirik shaharlar | Wilmington Dover Newark | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 49-oʻrinda 6,447 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 45-oʻrinda 843,524 | ||||
YIM |
AQSh: 38-oʻrinda $54,274 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
1-boʻlib 7 dekabr 1787 | ||||
Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
Qisqartma | DE [10] | ||||
Shtat guli | Peach blossom | ||||
Shtat daraxti | Scarlet oak |
Delaver — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydon 5,3 ming km2. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.
Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.[1]